TOShKENT, 10 okt — Sputnik. O‘zbekistonlik dzudochi Davlat Bobonov dzudo bo‘yicha jahon chempioniga aylandi.
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida -90 kg vazn toifasida bahslarga kirishgan o‘zbekistonlik dzudochi barcha raqiblarini birma-bir mag‘lub etib, musobaqa finaligacha yetib keldi.
Hal qiluvchi bellashuvda esa Bobonov italiyalik Kristian Parlatini ustidan g‘alaba qozondi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Toshkentda 6-13-oktabr kunlari dzudo bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Chempionat "Humo Arena" majmuasida o‘tkazilmoqda. Unda 84 davlatdan jami 575 nafar (311 erkak, 264 ayol) dzudochi musobaqa medallari kurashishmoqda.