Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina qo‘shinlari Doneskdagi maktabni o‘qqa tutdi

Doneskdagi maktabga ukrain ikkita snaradi kelib tushdi.
Sputnik
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Ukraina harbiylari Doneksning Kalinin tumanidagi 7-son maktabni o‘qqa tutdi, snaradlardan biri portlamadi va qavatlar o‘rtasiga kelib tushdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mahalliy vaqt soat 10:30 da 7-son maktab tomiga ikkita snarad kelib tushgan. Ulardan biri sinfxonaga jiddiy zarar yetkazgan. Ikkinchisi esa portlamay qolgan va qavatlar o‘rtasida qolib ketgan.
Shahar muntazam ravishda o‘qqa tutilishi sabab bolalar masofaviy ta’lim olishmoqda. Shu bois hech kim jabrlanmagan.