TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Qrim ko‘prigidagi teraktni Ukraina maxsus xizmati uyushtirgan. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
“Mualliflar, buyurtmachilar va ijrochilar – Ukraina maxsus xizmati”, - dedi Putin Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin bilan uchrashuvda. Rossiya rahbari hodisani terakt deb atadi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hukumati Qrim ko‘prigidagi hodisa Rossiyaning o‘ta muhim fuqarolik infratuzilmasini vayron qilishga qaratilgan terakt ekaniga shubha qilmaydi.
“Hozirgina xabardor qilganingizdek, shubha yo‘q. Bu Rossiya Federatsiyasining o‘ta muhim fuqarolik infratuzilmasini vayron qilishga qaratilgan terakt”, - dedi u.
Rossiya Tergov qo‘mitasi “terrorizm” moddasi bilan jinoiy ish ochilganini ma’lum qildi. Shuningdek, u Putinga portlashni sodir etishga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumon qilinayotganlarning shaxslari aniqlanganini aytdi.
Bastrikinning qo‘shimcha qilishicha, portlashni uyushtirishda ham Ukraina maxsus xizmati, ham Rossiya va chet el davlatlari fuqarolari ishtirok etishgan.