TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Qashqadaryo viloyatida Qarshi xalqaro tibbiyot universiteti tashkil etilishi kutilmoqda. Bu haqida Qashqadaryo viloyati hokimligining Vazirlar Mahkamasining "Qarshi xalqaro tibbiyot universiteti"ni tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston, Hindiston va Turkiya hamkorligida Qarshi shahrida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi Qarshi xalqaro tibbiyot universitetini tashkil etiladi.
Universitetda ta’lim faoliyati 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi.
Universitetga bakalavriat dasturi bo‘yicha "Davolash ishi", "Pediatriya ishi", "Stomatologiya", "Farmatsiya ishi" ta’lim yo‘nalishlariga to‘lov-shartnoma asosida 400 kishi qabul qilinadi.
Bakalavriatni tamomlagan talabalar Qashqadaryo viloyatidagi tibbiyot kadrlari tanqis bo‘lgan tibbiyot muassasalarida besh yil ishlab berishi majburiy hisoblanadi.
Universitet o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, belgilanadigan tartibda o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra mahalliy va xorijiy fuqarolarni to‘lov-shartnoma shartlari asosida o‘qishga qabul qilishi mumkin.