O‘zbekistonga 9 oyda qancha sayyoh keldi

O‘zbekistonga eng ko‘p sayyoh qo‘shni mamlakatlar va Rossiyadan kelmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida 3,6 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga kelgan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,5 mln nafarga yoki 3,2 baravarga oshgan.
Eng ko‘p sayyoh Qozog‘iston (1,076 mln), Qirg‘iziston (952,1 ming), Tojikiston (950,3 ming) va Rossiyadan (395,1 ming nafar) kelgan.
Bundan tashqari, to‘qqiz oyda Turkiya (53,3 ming), Janubiy Koreya (13,3 ming), Germaniya (13,5 ming), AQSh (9,8 ming), Hindiston – 9,3 ming va Fransiya (8,3 ming nafar) fuqarolari O‘zbekistonning diqqatga sazovor ko‘rib ketishgan.
Bu yil turizm uchun pandemiyadan keyin qayta tiklanish davri boshlandi. O‘zbekiston hukumati kelgusi yilda 7 million xorijiy va 12 million mahalliy turistlarni jalb qilish, turizm eksportini 2 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirgan.
Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Buxoroda turizmni rivojlantirish uchun qanday choralar ko‘riladi