Japarov O‘zbekiston bilan chegara bo‘yicha kelishuvni ochiq ko‘rib chiqishni topshirdi

Qirg‘iziston parlamenti prezident topshirig‘iga binoan O‘zbekiston bilan chegarani delimitatsiya qilish to‘g‘risidagi kelishuvni ochiq rejimda ko‘rib chiqadi.
Sputnik
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “Kabar” agentligiga bergan intervusida O‘zbekiston bilan chegara bo‘yicha kelishuv parlamentda ochiq rejimda ko‘rib chiqilishi haqida ko‘rsatma berganini ma’lum qildi, deb yozadi Sputnik Qirg‘iziston.
“Bugun men ertaga qo‘mitada masala yopiq rejimda emas, ochiq ko‘rilsin, xalq ko‘rsin, bilsin, deb ko‘rsatma berdim”, deydi Japarov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat va ko‘pchilik xalq taqdirini faqat O‘zgan bilan bog‘lash shart emas va ular tuman darajasidan yuqori bo‘lishini taklif qildi.
“Mamlakat ichida ikki viloyat masalasini hal qilsak yaxshi bo‘lardi. Biz 1400 km uzunlikdagi O‘sh, Jalolobod va Batken viloyatlaridagi chegara masalasini to‘liq hal qilamiz va O‘zbekiston bilan chegara masalasiga abadiy nuqta qo‘yamiz. Ikki davlat chegarasi masalasi arxiv hujjatlari asosida hal etiladi. Bu ko‘chada to‘planib “Buni Olmakan buvim aytdi” deb xal etiladigan masala emas. Ikki respublikaning SSSR davridagi xaritalari, kelishuvlari, aktlari bor”, deydi u.
Avvalroq Qirg‘iziston bosh vaziri Oqilbek Japarov O‘zbekiston bilan davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalasi tinch yo‘l bilan hal etilganini ma’lum qilgandi.
Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumat delegatsiyalari qo‘shma majlis bayonnomasini imzolgandi. Hujjat chegaraning alohida uchastkalari bo‘yicha yangi shartnoma loyihasini kelishish tartibini boshlash imkonini beradi.