TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Futzal bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo kubogida O‘zbekiston milliy jamoasi 3-o‘rinni egalladi. Bu haqida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Kuvaytda o‘tayotgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogining 3-o‘rin uchun kechgan bahsi yakuniga yetdi.
Unda, Tailandga qarshi kechgan uchrashuvda o‘zbekistonliklar raqibni yirik 8:2 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa, Bahodir Ahmedov shogirdlari turnirni 3-o‘rinda yakunlashdi va futzalda Osiyoning 3-jamoasi bo‘lib qolishdi.