Estoniya bosh vaziri: Yevropaning Rossiyaga qarshi yangi sanksiya qo‘llashi qiyin bo‘lib bormoqda

Kaya Kallas Yevropaning Rossiyaga qarshi sanksiya kiritmagan kam sohalari qolganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Rossiyaga qarshi sanksiyalar masalada Yevropa mamlakatlarining yagona pozitsiyani egallashlari borgan sari mushkil bo‘lib bormoqda. Bu haqda Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas ma’lum qildi.
“Sanksiya qo‘llash borgan sari mushkul bo‘lib bormoqda. Biz sanksiya joriy etishimiz mumkin bo‘lgan kam soha qoldi”, - dedi Kallas “The Daily Telegraph” nashriga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Yevropa uchun muammodir.
Orban “xato” sanksiyalar siyosatini o‘zgartirishga chaqirdi
G‘arb Ukraina tufayli Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi, bu esa Yevropa va Qo‘shma Shtatlarda elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keldi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.