Tibbiyot yo‘nalishida doktorantura uchun xotin-qizlarga 15 ta maqsadli kvota ajratildi

Kvotalarning 12 tasi Toshkent tibbiyot akademiyasi uchun, 3 tasi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti uchun ajratilgan.
Sputnik
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 2023-yilda tibbiyot yo‘nalishida doktoranturada tahsil olish uchun xotin-qizlarga 15 ta maqsadli kvota ajratilgan. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan 2023-yilda Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tayanch doktorantura va doktoranturada o‘qitish uchun qabul kvotalari taqsimotiga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalari doktoranturasiga xotin-qizlar uchun 300 ta maqsadli kvota ajratildi.
Ular orasida Sog‘liqni saqlash vazirligi tarkibidagi oliy ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan o‘rinlar ham bor. Unga ko‘ra, 15 nafar xotin-qiz 2023-yilda doktoranturada tibbiyot ixtisosliklari bo‘yicha maqsadli kvota asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Kvotalarning 12 tasi Toshkent tibbiyot akademiyasi uchun, 3 tasi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti uchun ajratilgan.