TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanidan miloddan avvalgi III-II asrga tegishli harbiy istehkom topildi. Bu haqida Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Ushbu arxeologik topilma Past Darg‘om tumanning Do‘stlik mahallasi hududida joylashgan “Qo‘y tepa” tepaligi o‘rnidan topildi.
Harbiy istehkom
© Madaniy meros agentligi
Ilmiy qidiruv jarayonida olimlar hududdan qal’a devorlari, katta ko‘za, kosa, kichik haykalcha, muhr kabi noyob topilmalar topishgan.
Olimlarning ta’kidlashicha, ushbu tarixiy obyekt tashqi dushmanlardan himoyalovchi harbiy istehkom bo‘lgan.
Harbiy istehkom
© Madaniy meros agentligi
Qayd etilishicha, Past Darg‘om tumani hokimligi tomonidan tepalikni tashqi ta’sir, yomg‘ir, qorlardan himoya qilish uchun tarixiy obyekt ustiga temir panjara o‘rnatilib, usti to‘liq yopiladi.