Samarqandda triatlon bo‘yicha Osiyo kubogi bahslari boshlandi

Sportchilar eshkak eshish kanali bo‘yida triatlon bo‘yicha baxs olib borishmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Bugun Samarqandda triatlon bo‘yicha " 2022 Asian Triathlon Cup Samarkand” Osiyo kubogi bahslari boshlandi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Samarqand eshkak eshish kanalida birinchi marta triatlon (suzish, velosport, yugurish) bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Triatlon bo‘yicha Osiyo kubogi
Musobaqaning ochilish marosimida Sportni rivojlantirish vaziri A.Ikramov, O‘zbekiston Respublikasi xavfsizlik kengashi kotibi, O‘zbekiston triatlon federasiyasi raisi V.Mahmudov va viloyat hokimi E.Turdimov so‘zga chiqdi.
Shundan so‘ng, 30 davlatdan kelgan 70 nafar professional sportchi triatlonning klassik yo‘nalishi - ochiq havzada 1,5 kilometrga suzish, 40 kilometrga velopoyga, 10 kilometrga yugurish bahslariga kirishdi.
Triatlon bo‘yicha Osiyo kubogi
Eslatib o‘tamiz, 8-9-oktabr kunlari Samarqanddagi “Boqiy shahar” majmuasi atrofida 30dan ortiq mamlakatning 70 nafar atleti Parij-2024 olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini qo‘lga kiritish uchun bellashadi.