Qrim ko‘prigidagi FV haqida nimalar aniqlandi

Gruzovoy sostav na Krimskom mostu
Ayni damda Qrim ko‘prigi orqali transport harakat to‘xtatilgan, lekin bugundan boshlab parom qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Sputnik
TOShKENT, 8 okt - Sputnik. Bugun tong soat 06:00 da Qrim ko‘prigida favqulodda holat sodir bo‘lgan edi. Uning oqibatida ko‘prikning avtomobil yo‘li qisman vayron bo‘lgan edi. RIA Novosti xabariga asosan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tong soat 06:07da ko‘prik ustida yurib ketayotgan yuk mashinasi portlatib yuborilgan. Bu haqda Rossiya milliy aksilterror qo‘mitasi ma’lum qildi.
Portlash oqibatida paralel yo‘lda harakatlanayotgan yuk poyezdning 7 ta yoqilg‘i sisternasi yonib ketgan. Ayni damda temiryo‘l vagonlarida yong‘in o‘chirilgan.
Kerchdan Tamangacha bo‘lgan avtomobil ko‘prigining 2 ta oraliq qismi qulagan, bitta yo‘nalishi zararlanmagan.
Hozirgacha aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.
Favqulodda vaziyat bo‘yicha imkon qadar tez ekspertiza o‘tkaziladi va holatning aniq sabablari ma’lum bo‘ladi.
Ayni damda Qrim ko‘prigi orqali transport harakat 31-oktabrga qadar to‘xtatilgan, lekin bugundan boshlab parom qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Ushbu favqulodda holat yuzasidan Vladimir Putin hukumat komissiyasini tuzishni topshirdi.
Rossiya Tergov qo‘mitasi jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi yillar davomida Ukraina rasmiylari tomonidan Qrim ko‘prigini portlatib yuborish to‘g‘risidagi bayonotlar bir necha bor eshitilgan edi. Xususan Ukraina Radasi deputati Aleksey Goncharenko tomonidan.
NATOning Yevropadagi sobiq bosh qo‘mondoni Filip Bridlav ham Ukraina Qurolli kuchlariga Qrim ko‘prigiga zarba berishni tavsiya qilgan edi.