TOShKENT, 8 okt - Sputnik. Ko‘pchilik safarbar qilinganlar o‘zi bilan qanday kiyim va jihozlar olib borishni bilmaydi. Tajribali jangchi "Sputnik Qrim" radiosida yangi askarlarga o‘zlari bilan nima olib borish, qanday xatoga yo‘l qo‘ymaslik va nimalarga tayyor bo‘lishi haqida aytib berdi.
Faqat eng kerakli buyumlar
O‘zingiz bilan nimani olib ketish haqida o‘ylaganda bir narsani unutmaslik kerak – siz jang maydoniga qanday yetib olasiz? U yerda qanday harakatlanasiz. O‘z kuchingiz bilanmi yoki ot-ulovda. Agar mashina bo‘lmasa faqat bitta rukzakka sig‘adigan narsalar olish kerak xolos.
Kiyim va uskuna tanlash
Mashhur "taktik" brendlar – oddiy hayotda kiyib yurishda chiroyli ko‘rinishi mumkin, lekin jangovar sharoitlarda juda yomon ishlaydi. Agar siz Arktik burg‘ulash qurilmalarida ishlaydigan ishchilarning botinkasini topsangiz, bu poyabzal sizga uzoq xizmat qiladi va oyoqlaringizni sovuqdan saqlaydi. Import qilingan qimmatbaho brendlarga aldanmang. Ular silliq, chioyli, lekin bir zumda suv o‘tkazadi, oyog‘ingiz muzlaydi. Xuddi shu prinsip har shim va ko‘ylak uchun ham amal qiladi. Turli sharoitga duch kelganda, sovuq, shamol va namlik vaziyatlarida chidash oson bo‘lishi uchun kiyim boshni boshqa prinsiplarga asosan tanlash kerak.
Sbor neobxodimogo snarajeniya dlya uchastnikov spetsoperatsii
© Sputnik / Ilya Naymushin
/ Oyoq kiyim tanlashda ular nimadan yasalganligi, suvo‘tkazish-o‘tkazmasligi, botinka uzoq vaqt yechilmaganda oyoq uni ichida o‘zini qanday his qilishi, yurish, yugurish qulayligi muhimroqdir.
Kuz faslida kauchuk etiklar juda zarur. Ularni bir razmer kattasini olish kerak, chunki issiq jun paypoq bilan kiyganda oyoqqa mos kelishi uchun. Kuzda, ayniqsa janubda, Xerson yo‘nalishida, loy mavsumi boshlanadi va rezina etiklar hayotiy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Kepka, qo‘lqop, yukni yengillashtiruvchi kiyimlar bu yerda juda tez ishdan chiqadi. Ularni tez-tez yangilashga tayyor bo‘ling. Kiyim va jihozlar qanchalik oddiy bo‘lsa – shuncha yaxshi.
Sbor neobxodimogo snarajeniya dlya uchastnikov spetsoperatsii
© Sputnik / Ilya Naymushin
/ Bugun sizga qimmatbaho xorijiy brend kiyimlarini taklif qilayotganlar – shunchaki sizning pulingizni olmoqchi, ular sizni sifatliroq jihozlashga harakat qilayotgani yo‘q. Masalan (xorijiy) quloqsiz dubulg‘aning (shlem) o‘zi necha kishining umriga zomin bo‘ldi.
Xullas, 4500 rubllik Rossiya armiyasi komplekti narxi 60 ming bo‘lgan sara xorijiy kiyim boshdan yomon ishlamaydi.
O‘limga teng xatolar
Agar siz “Multikam” nomli kamuflyaj kiyimini sotib olsangiz – o‘zingizni osongina o‘ldirasiz. Chunki bu kiyimda odatda "Aydar"* va "Azov"* millatchilar yuradi. Sizdan kimligingizni ham so‘rab o‘tirishmaydi. Chunki bu NATOning kiyimi.
Shuni uchun faqat Rossiya armiyasi ranglaridagi kamuflyaj kiyimlar sotib oling. Ular odatda “Piksel” dizaynli bo‘ladi.
Sbor neobxodimogo snarajeniya dlya uchastnikov spetsoperatsii
© Sputnik / Ilya Naymushin
/ Jang maydonida o‘zingizni va do‘stlaringizni o‘ldirishning yana bir oson yo‘li bu Whats app messenjeridan foydalanish. Tajribasiz jangchilar qarindoshlariga bitta qizi rasm yoki video tashlayman deb bo‘linmasining turgan joyini dushmanga bildirib qo‘ygan.
Dori-darmon
Agar biror surunkali kasalliugingiz bo‘lsa va uning uchun doimiy ichib yuradigan dori kerak bo‘lsa, harbiy shifokorlar bundan bexabar. Bu muammoni o‘zingiz hal qilishingiz kerak. Sotib oling va o‘zingiz bilan olib yuring.
Sbor neobxodimogo snarajeniya dlya uchastnikov spetsoperatsii
© Sputnik / Ilya Naymushin
/ Qancha buyum olish kerak
Ikki juft paypoq olish kerakmi yoki 30 juft? Tajribali odam bu borada albatta birnchisini tanlaydi. Imkon paydo bo‘lishi bilan u paypoqni yuvib quritib oladi. U yerda albatta kuni ikki marotaba dush qabul qilishning imkoni yo‘q, lekin siz o‘zingizni toza va quruq saqlashni eplashingiz kerak. Chunki shunday qilmasangiz – o‘lasiz.
Umuman jang maydonida kiyim bosh va jihozlardan boshqa xatarlar ham juda ko‘p, masalan “havo” trevogasi nimaligini bilish, notanish joyda qanday qadam tashlab yurish, qayerga hojatxonaga borish, telefondan qanday foydalanish va ho kazo.
Sbor neobxodimogo snarajeniya dlya uchastnikov spetsoperatsii
© Sputnik / Ilya Naymushin
/ Foydali kichik buyumlar
Nam salfetkalar va sochiqlar juda asqotadi. Bir paket nam salfetka ichiga 100-200 gram aroq solinsa u ajoyib yuvinish yoki dezinfeksiya vositasiga aylanadi.
Sbor neobxodimogo snarajeniya dlya uchastnikov spetsoperatsii
© Sputnik / Ilya Naymushin
/ *Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi guruhlar