Yevropaning yirik shaharlarida namoyishlar boshlandi - video

Berlin, Vena, Rim, Pragada minglab namoyishchilar naxlar oshishiga qarshi namoyishga chiqishgan.
Sputnik
TOShKENT, 8 okt - Sputnik. Yevropaning markaziy shaharlarida narxlar oshishi va Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi mitinglar boshlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. Xususan, Berlin, Vena, Rim, Pragada minglab namoyishchilar ko‘chaga chiqishgan.
Berlin, Venada namoyishchilar narxlarni tushirish va Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashni talab qilishmoqda. Ayrim namoyishchilar Rossiya bayroqlarini ko‘tarib olgan va "Men Rosssiya gazi va neftini xoxlayman" yozuvlarini ko‘tarib olgan.
Rim va Pragada namoyishga chiqqan fuqarolar hayot xarajatlari oshishi, inflyatsiya va energiya narxlari oshishiga qarshi chiqishmoqda.
Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlaganidan so‘ng Yevropa Itifoqi Rossiya gaz va neftiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Rossiya o‘z energiya tashuvchilarini Osiyo va Janubiy Amerika davlatlariga yo‘naltirdi, Yevropa esa AQShdan suyultirilgan gaz sotib olishga o‘tdi. Lekin sanksiyalar oqibatida jahon bozirida gaz narxi rekord darajada o‘sdi. Bu o‘z oqibatida barcha narxlar o‘sishiga, inflyatsiyaga olib keldi. Qish arafasida esa gaz omborlari bo‘shab qolgan Yevropa davlatlarida xavotir tobora kuchaymoqda.