TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Markaziy bank Boshqaruvi asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilishi 27-oktabrda bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Markaziy bank matbuot kotibi xabar berdi.
Xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan jahon va savdo hamkorlardagi iqtisodiy istiqbollar bo‘yicha yangilangan prognozlar va 2022-yilning III choragi bo‘yicha O‘zbekistonning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari oktabr oyining ikkinchi yarmida e’lon qilinadi.
Xabarda aytilishicha, ishlab chiqilayotgan makroiqtisodiy tahlil va prognozlarda ushbu yangilangan ko‘rsatkichlar asos bo‘lishi inobatga olingan.
Shunga ko‘ra, Markaziy bank asosiy stavkasini ko‘rib chiqish va Pul-kredit siyosati asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqlash bo‘yicha navbatdagi tayanch yig‘ilishi 27-oktabrida o‘tkazilishi belgilandi.