"Siz bilan gaplashmayman": Saudiya vaziri Reuters muxbiriga - video

Saudiya energetika vaziridek manbaaning gaplarini hurmat qilmasdan, o‘zingizning allaqanday "sariq" manbaalaringizga ishonar ekansiz, men siz bilan gaplashmayman - dedi Saudiya energetika vaziri.
Sputnik
TOShKENT, 7 okt - Sputnik. Saudiya Arabistoni Energetika vaziri Reuters muxbiri bilan suhbatlashishdan bosh tortdi. Bu voqea OPEK+ matbuot anjumanida yuz berdi. Shahzoda Abdulaziz bin Salmon agentlikni yolg‘onchilikda aybladi.
“Reuters yomon ish qildi, hatto ikki marotaba. Siz Rossiya Saudiya Arabistoni bilan kelishib neft narxini 100 dollardan oshirmoqchi deb yozdingiz. Vaholanki, maqola chop etilgan sanada biz Rossiya bilan bu mavzuda umuman gaplashmagan edik.
Shundan so‘ng men sizning vakilingiz bilan bog‘lanib 25 daqiqa davomida unga bu axborot noto‘g‘ri ekanini, va biz narxlarga ta’sir o‘tkazishga harakat qilmayotganimizni tushuntirishga harakat qildim, lekin hammasi behuda bo‘ldi. Ushbu suhbatdan so‘ng siz ushbu mavzuda yana bir maqola chiqardingiz, allaqanday "sariq" manbaalarga tayanib.
Siz meni, Saudiya Arabistoni energetika vaziridek manbaani hurmat qilmas ekansiz, men siz bilan gaplashmayman. Savolingizni boshqalarga berishingiz mumkin", - dedi shahzoda Abdulaziz.
Ushbu voqeaga izoh bergan Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova "NATO qo‘l ostidagi OAVlarning didi buzuq dedi. Biz soatlab intervyu berishimiz mumkin, lekin ular o‘ziga kerakli bitta ikkita gapni olishadida, qolganini o‘zidan qo‘shib yozadi", - dedi Zaxarova.
Eslatib o‘tamiz, OPEK+ mamlakatlari noyabr oyidan boshlab neft qazib olish hajmini kuniga 2 million barrelga qisqartirishini e’lon qilgan edi. Ushbu xabar AQSh rahbariyati tomonidan keskin tanqid bilan kutib olindi.