TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Rossiyalik aktor Anton Paxomov "Ofitser 55" o‘zbek serialida rol ijro etdi. Bu haqida Kinematografiya agentligi xabar berdi.
"Ofitser 55" seriali Kinematografiya agentligi va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamkorligida suratga olingan.
Serial ichki ishlar organlari faoliyatiga bag‘ishlangan triller janrida bo‘lib, unda rossiyalik taniqli aktor va rejissor, "Oltin niqob" ("Zolotaya maska") mukofoti sohibi Anton Paxomovni rol ijro etdi.
“U filmda bosh rollardan birini ijro etgan. Uning yaratgan obrazi serialdagi o‘ziga xos rollardan biri hisoblanadi”, deyiladi xabarda.
"Ofitser 55" o‘zbek seriali
© Kinematografiya agentligi
O‘zbek kinosining oxirgi 10-yillikdagi eng yorqin filmi bo‘lishi kutilayotgan "Ofitser 55" serialinig tizeri tez orada taqdim etiladi.
Ma’lumot uchun, Anton Paxomov 1997-2000 yillarda "Ilhom" teatri qoshidagi dramatik san’at maktabida tahsil olgan. 2004-2006 yillarda Markaziy Osiyo va Qozog‘iston yosh rejissorlari laboratoriyasida ishtirok etgan. 2008-yilda "Yilning eng yaxshi aktori” nominatsiyasida ("Oresteya" spektaklidagi Apollon roli uchun) Mark Vayl nomidagi "Ilhom" mukofotiga sazovor bo‘lgan.
U 2019-yilda Kazansevning "Eski uy" spektaklidagi Razayev roli uchun "Oltin niqob" ("Zolotaya maska") mukofoti laureatiga aylangan.