TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Bugun O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko, Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.
Bugun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi.