“UzAirways” ayrim yo‘nalishlardagi mavsumiy aviaqatnovlarni vaqtincha to‘xtatdi

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi qishki parvozlar jadvaliga o‘tishi munosabati bilan ayrim aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatiladi.
Sputnik
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. “Qish-2022” jadvaliga o‘tish munosabati bilan mavsumiy aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqida Uzbekistan Airways xabar berdi.
Aviakompaniya qishki parvozlar jadvaliga o‘tish munosabati bilan Urganch – Milan – Toshkent, Urganch – Rim – Toshkent va Toshkent – Parij – Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha mavsumiy aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatildi.
Italiya va Fransiyaga parvozlar tasdiqlangan jadvalga ko‘ra yozgi parvozlar jadvali oxirigacha quyidagicha amalga oshiriladi:
Urganch – Rim – Toshkent haftada bir marta – seshanba kunlari (25 oktabrgacha);
Urganch – Milan – Toshkent haftada bir marta – juma kunlari (28 oktabrgacha);
Toshkent – Parij – Toshkent haftasiga ikki marta – seshanba va juma kunlari (28 oktabrgacha).