TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Qozog‘iston va O‘zbekiston turoperatorlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlar imzolandi. Bu haqida shahar hokimligi xabar berdi.
Toshkentda Chimkent shahrining turistik salohiyati to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.
Taqdimot davomida ziyorat turizmi, jumladan, Sayramdagi musulmonlar ziyoratgohlari, gastronomik turizm va biznes turizmga oid ma’lumotlar berildi.
Qayd etilishicha, Chimkentda turizm yo‘nalishida hamkorlikni amalga oshirish uchun ko‘plab arzon turar-joylar mavjud bo‘lib, transport infratuzilmasi yaxshi rivojlangan,ko‘plab bog‘lar hamda xiyobonlar yonida o‘ziga xos me’moriy uslubga ega bo‘lgan zamonaviy binolar joylashgan.
Tadbir ishtirokchilariga Chimkent shahrining diqqatga sazovor joylari bo‘ylab virtual 3D-sayohatga ega VR ko‘zoynaklar namoyish etildi.