TOShKENT, 6 okt - Sputnik. Har yili sentabr oyida talabalar yotoqxonalari muammosi eng dolzarb mavzuga aylandi. Ushbu muammoni hal qilish maqsadida bu yil ilk bor “Toshkent Index” savdo-sanoat majmuasida vaqtinchalik yotoqxona tashkil etildi.
Ushbu noodatiy yotoqxonada talabalar uxlashi, dars qilishi, ovqat pishirishi va kir yuvishi uchun barcha kerakli sharoitlar yaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil davomida talabalar uchun yotoqxonalar mavzusi O‘zbekiston hukumati va prezident darajasida muhokama qilingan edi. Shundan so‘ng Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bo‘sh turgan savdo sanoat majmuasini vaqtinchalik yotoqxonaga aylantirishni taklif qilgan edi.
Ayni damda Toshkentda 31 ming o‘ringa ega bo‘lgan 60ta yangi yotoqxonalar qurilmoqda.