Poytaxtdagi ayrim maktablarda raqamli kutubxona tizimi joriy etildi

Hozirgi kunda raqamli kutubxona platformasiga kiritilgan o‘quvchilar soni 40 689 nafarni tashkil etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Bolalarni elektron kutubxona imkoniyatlaridan keng foydalanishlarini ta’minlash maqsadida Toshkent shahridagi bir qator maktablarda raqamli kutubxona loyihasi to‘liq joriy etildi. Bu haqida Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.
Mazkur maktablarda hozirgi kunda raqamli kutubxona platformasiga kiritilgan o‘quvchilar soni 40 689 nafarni tashkil etmoqda.
“Tizimga yuklangan kitoblarning umumiy soni 95 686 taga teng. Ulardan foydalanib kelayotgan faol kitobxonlarning umumiy soni ayni vaqtda 2 300 nafardan ortiqni tashkil etmoqda”, deyiladi xabarda.
Raqamli kutubxona tizimi yordamida o‘quvchilar orasida qaysi kitoblarga talab yuqoriligi ham doimiy nazorat qilib boriladi.
Raqamli kutubxona
Aytilishicha, mamlakatdagi mavjud umumta’lim maktablari kutubxonalarida jami 15,3 mln nusxa adabiyotlar fondi mavjud.
lotin - 7,7 mln nusxa;
rus - 1,6 mln nusxa;
tojik - 23 ming nusxa;
qozoq - 92 ming nusxa;
qirg‘iz - 3,5 ming nusxa;
turkman - 609 nusxa.
Shuningdek, kitoblarning 78,5 ning nusxasini ingliz, nemis va fransuz tillaridagi adabiyotlar tashkil qiladi.
Raqamli kutubxona
Hozirda maktab kutubxonalaridagi doimiy kitobxon o‘quvchilar soni 3,1 mln nafardan iborat.
Shu bilan birga, o‘quvchilarni internet tarmog‘i orqali kitob mutolaasiga qiziqtirish maqsadida www.kitob.uz sayti tashkil etilgan.
Raqamli kutubxona
Portalga badiiy adabiyotlarning 5 mingdan ziyod elektron shakllari hamda 120 nomdagi o‘zbek mumtoz va zamonaviy hamda jahon adabiyoti namunalarining audio kitob shakldagi variantlari joylangan.
Hozirda saytdan bir kunda o‘rtacha 11-12 ming nafar o‘quvchi foydalanmoqda.