TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Rossiya Ukraina bilan jang qilmayapti, u shunchaki qurol, AQSh va qolgan G‘arb maqsadi bu boshqa mamlakatlar zaiflashgan paytda Rossiyani yo‘q qilishdir. Bu haqda “Yedinaya Rossiya” (“Yagona Rossiya”) partiyasi raisi va Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.
“Shu bilan birga shuni maxsusan qayd etmoqchimanki, biz Ukraina bilan kurashmayapmiz, AQSh va asosiy xushomadgo‘ylar siymosidagi global G‘arb deb ataluvchining maqsadlari oydan ravshan: boshqa mamlakatlar zaiflashgan paytda Rossiyani yo‘q qilish. Aytgancha, jumladan, Yevropa mamlakatlari ham”, - dedi Medvedev partiyaning kengashi yig‘ilishida.
U Ukraina texnik qurol ekani, uning fuqarolari esa “G‘arb tanlagan harbiy harakatlar teatridagi xarajat materiali” ekanini qayd etdi.