TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 6-oktabrdan mamlakatda narx ko‘tarilishiga taqiq joriy etishni buyurdi. Bu haqda Sputnik Belarus xabar bermoqda.
“6 sanadan har qanday narx ko‘tarilishi taqiqlanadi. Ta-qiq-la-na-di! Bugundan boshlab. Ertadan emas, balki aynan bugundan boshlab. Bir kun ichida narxlarni ko‘tarib olmasliklari uchun. Xudo ko‘rsatmasin, biror kishi o‘tib ketgan sana bilan, biror bir hisob-kitob, qayta hisob-kitob qilib ko‘rsin-chi”, - dedi Belarus rahbari hukumatning iqtisodiy bo‘limi bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u yoki bu mahsulotlarga oid istisno bo‘lishi mumkin, bunda qarorlarni savdo vaziri yoki viloyat ijroiya qo‘mitalari raislari qabul qilishlari mumkin.
“Narxlarga hammangiz boshingiz bilan javob berasiz”, - dedi Lukashenko amaldorlarga yuzlanib.