TOShKENT, 6 okt - Sputnik. Bugun Toshkentda dzudo bo‘yicha Jahon chempionatining birinchi kuni yakunlandi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Unda yarim finalga chiqqan o‘zbekistonlik Dilshod Baratov qozog‘istonlik Eldos Smetovga 3 o‘rin uchun bellashuvda imkoniyatni boy berdi.
Birinchi kun qahramonlari
Erkaklar, 60 kg vazn toifasi:
1.
Naoxisa Takato (Yaponiya)2.
Ariunbold Enxtayvan (Mo‘g‘uliston)3.
Yeldos Smetov (Qozog‘iston), Yang Vei Yang (Xitoy Taipeyi)Ayollar, 48 kg vazn toifasi:
1.
Natsumi Sunoda (Yaponiya)2.
Katarina Mayns (Germaniya)3.
Abiba Abujakinova (Qozog‘iston), Assunta Skutto (Italiya)O‘zbekistonlik Dilshod Baratov birinchi kundagi ishtirokidan keyin jahon reytingi uchun 720, Parij-2024 yilida esa 360 ochkoni shaxsiy hisobiga qo‘shib qo‘ydi.
Bellashuvning ilk kunida g‘oliblar uchun medallar va birinchi o‘rin sohiblari uchun 1 mln yevro miqdorida mukofot puli topshirildi.
Ma’lumot uchun, chempionat "Humo Arena" majmuasida bo‘lib o‘tmoqda. Unda 84 davlatdan jami 575 nafar (311 erkak, 264 ayol) dzudochi musobaqa medallari hamda Parij-2024 Olimpiadasining qimmatli reyting ochkolari uchun bahslarda ishtirok etishadi.