TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Adabiyot bo‘yicha 2022-yilgi Nobel mukofoti fransuz yozuvchisi Anni Ernoga berildi. Bu haqda bugun Shvetsiya akademiyasi Nobel qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qarorning asosli qismida yozuvchi "shaxsiy xotiraning kelib chiqishi, o‘ziga xosligi va jamoaviy cheklovlarini ochib beradigan" jasorati va aniqligi uchun taqdirlangan.
Qayd etilishicha, o‘z ishida "Anni Erno jinsi, tili va sinfi bilan ajralib turadigan hayotni qat’iyat bilan hamda turli burchaklardan o‘rganadi". Mutaxassislarning ta’kidlashicha, uning yozish yo‘li uzoq va mashaqqatli bo‘lgan.
"Bu ajablanarli emas, u butun adabiy dunyoda yaxshi tanilgan va [uning asarlari] ko‘plab tillarga tarjima qilingan", - deydi Nobel qo‘mitasi raisi Anders Ulsson.
SVT telekanali telefon orqali yozuvchi bilan bog‘lanib, Stokgolmga mukofot olish uchun kelish yoki kelmasligini so‘raganda albatta kelishini bildirgan.
Ma’lumot uchun, Anni Erno 1940-yil 1-sentabrda Lillebonna shahrida tug‘ilgan. U yigirmadan ortiq kitoblar muallifi, o‘ndan ortiq adabiy mukofotlarni qo‘lga kiritgan. Birinchi romani "Les Armoires vides" (Bo‘sh shkaflar) 1974-yilda nashr etilgan. Arnoning eng mashhur asarlari qatoriga “Hodisa”, “Ayol”, “Oddiy ehtiros”, “Hokimiyatda”, “Yillar”, “Boburdagi ziyofat” va “Hayotdagi o‘rin” kitoblari kiradi.
Mukofotlarni topshirish marosimi 10-dekabrda — mukofot ta’sischisi Alfred Nobel vafot etgan kunda bo‘lib o‘tadi. Odatda sovrindorlar mukofotlarni Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav ishtirokidagi tantanali marosimda shaxsan qabul qilib oladi. Biroq 2020 va 2021-yillarda koronavirus pandemiyasi tufayli, marosim videoformatda o‘tkazilgandi.
Har bir nominatsiya bo‘yicha Nobel mukofotining pul komponenti hajmi, avvalgidek, bu yil ham 10 million kron (hozirgi kurs bo‘yicha 900 ming dollardan bir oz ko‘proq)ni tashkil etadi.
Har bir nominatsiya bo‘yicha Nobel mukofotining pul komponenti hajmi, avvalgidek, bu yil ham 10 million kron (hozirgi kurs bo‘yicha 900 ming dollardan bir oz ko‘proq)ni tashkil etadi.