Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zaporojye AESi Rossiya mulkiga aylandi

Sputnik
TOShKENT, 5 okt - Sputnik. Zaporojye AESi Rossiya mulkiga aylanadi. Bu haqida huquqiy hujjatlar rasmiy portalida e’lon qilingan Rossiya prezidenti farmonida aytib o‘tilgan.
Farmonda aytilishiga ko‘ra, Rossiya Federatsiya hududiga Zaporojye viloyatining qo‘shib olinishi munosabati bilan, "Zaporojye AESi" Aksiyadorlik jamiyati o‘z ixtiyorida bo‘lgan barcha mulk va ruxsatnomalari bilan - "Zaporojye AESi" Davlat unitar korxonasi maqomiga o‘tkaziladi.
Shuningdek, Rossiya Hukumati Zaporojye AESi atom energiyasidan xavfsiz foydalanish uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni ko‘radi.
Zaporojye AESi 2028-yilning 1-yanvariga qadar maxsus maqomda faoliyat oli boradi.
Eslatib o‘tamiz, 23-27 sentabr kunlari Ukrainaning ozod qilingan hududlarining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tgan edi. Referendum natijalariga ko‘ra DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42 %, Xerson viloyatida - 87,05 % va Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi Rossiyaga qo‘shilishni yoqlab ovoz bergan edi.