Yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston uchinchi o‘rinni egalladi

Navbatdagi chempionat 2023-yilda Turkiyada tashkil etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Samarqandda bo‘lib o‘tgan yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi XVII jahon chempionatida Belarus terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Samarqand shahri mezbonlik qilgan yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha erkaklar o‘rtasida XVII, ayollar o‘rtasida VIII jahon chempionati nihoyasiga yetdi.
Musobaqa davomida 30 ga yaqin davlatlarning jamoalari "NEXIA 3" rusumidagi 2 ta avtomobil hamda 60 ta medallar to‘plami uchun o‘zaro bahs olib bordi.
Musobqlar quyidagicha tashkil etildi:
O‘quv minorsigacha bo‘lgan hujum zinapoyasiga ko‘tarilish;
100 metrlik to‘siqlar yo‘lagidan o‘tish;
O‘t o‘chirish estafetasi;
Jangovor joylashish.
Chempionat yakuniy natijalariga ko‘ra, erkaklar jamoalari o‘rtasida Belarus terma jamoa g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikinchi o‘rin Rossiya, uchinchi o‘rin esa O‘zbekiston terma jamoalariga nasib etdi.
Chemponat yakunida g‘oliblar va ularning murabbiylari musobaqa tashkilotchilari tomonidan taqdirlandi.
Navbatdagi chempionat 2023-yilda Turkiyada tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati Samarqandda 1-oktabr kuni boshlangan edi. Chempionatlarda jami 200 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi.
1 / 7
2 / 7
3 / 7
4 / 7
5 / 7
6 / 7
7 / 7