Samarqandda Xalqaro gastronomik festival bo‘lib o‘tadi

Festivalga tashrif buyurganlar mazali taomlar va bayram tomoshalaridan bahramand bo‘lishadi.
Sputnik
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Samarqandda 7–8 oktabr kunlari Xalqaro gastronomik festival bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Turizm va madaniy meros agentligi xabar berdi.
Festivaldan ko‘zlangan maqsad mamlakatning gastronomik salohiyatini keng targ‘ib qilish, gastronomik turizm yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, milliy pazandalik an’analarini ommalashtirish orqali sayyohlar oqimini ko‘paytirishdan iborat.
Musobaqada xorijiy davlatlar va O‘zbekistonning har bir viloyatidan kelgan oshpazlar jamoalari, xorijiy mamlakatlardan kelgan sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish korxonalari oshpazlari ishtirok etadi.
Festival yakuniga qadar hakamlar hay’ati tayyorlangan taomlarga baho beradi va g‘olib oshpazlar aniqlanadi.