Rossiya millatchilikka qarshi, NATO esa Rossiyaga qarshi jang qilmoqda – Patrushev

Rossiya Ukraina xalqini neonatsizmdan ozod qilib, nafaqat millatchi tuzilmalar va Ukraina Qurolli kuchlariga qarshi kurashmoqda. Aslida NATO bloki ham bizga qarshi jang qilmoqda, deydi Patrushev.
Sputnik
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. NATO bloki aslida Rossiyaga qarshi jang qilmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ma’lum qildi.
“Bugungi kunda Rossiya Ukraina xalqini neonatsizmdan ozod qilib, nafaqat millatchi tuzilmalar va Ukraina Qurolli kuchlariga qarshi kurashmoqda. Aslida NATO bloki ham bizga qarshi jang qilmoqda, uning a’zolari Kiyev rejimini og‘ir qurollar, o‘q-dorilar bilan ta’minlamoqda”, dedi Patrushev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO a’zolari “ommaviy qirg‘in qurollarini qo‘llash bilan shantaj qilib, harbiy harakatlarni rejalashtirishda ishtirok etadi”.
“Va bular shunchaki gap emas. Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari uzoq vaqtdan beri butun dunyo bo‘ylab, jumladan, Rossiya chegaralari yaqinida joylashgan laboratoriyalarda biologik qurol yaratish rejalarini amalga oshirib kelmoqda. Shuning uchun Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish xalqimiz va ozod qilingan hududlarda xalqimiz xavfsizligiga tahdidlarni bartaraf etish, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilishning zarur shartidir”, dedi Patrushev.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.