Putin Emomali Rahmonni mukofotladi

Putin bugun 70 yoshni qarshilagan Emomali Rahmonni “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotladi.
Sputnik
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni Rossiyaning III darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirladi. Tegishli farmoni 4-oktabr kuni e’lon qilindi.

“Rossiya Federatsiyasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, mintaqaviy barqarorlik hamda xavfsizlikni ta’minlashga qo‘shgan katta shaxsiy hissasi uchun Tojikiston Respublikasi prezidenti Rahmon Emomali III darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlansin”, - deyiladi hujjatda.

Emomali Rahmon bugun, 5-oktabr kuni 70 yoshga to‘ladi. 2017-yilda u Rossiya va Tojikiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta shaxsiy hissasi uchun Aleksandr Nevskiy ordeni bilan ham taqdirlangan.