Toshkentda franchayzing ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda 50 ta xalqaro brendlar ishtirok etdi. Ulardan 16 tasi Rossiya brendlari. Rossiya go‘zallik brendlarining O‘zbekiston bozoriga qiziqishi katta.
“Men O‘zbekistonni mehmondo‘st va samimiy, ajoyib mamlakat deb bilaman. Go‘zallik sanoati ham aynan samimiylik va mehmondo‘stlik bilan. Shuning uchun bu yerda hammasi mos. Men bizda bor texnologiyalar va sizlarda bor samimiylik bilan daromadli va muvaffaqiyatli biznes yaratishga ishonaman”, - deydi “Palchiki” kompaniyasi asoschisi Nina Litvinova.
Sputnik muxbiri ekspertlardan franshiza bilan go‘zallik saloni qanday ochish mumkinligi, o‘zbekistonlik tadbirkorlar pardoz-andozning franshiza brendini yaratish uchun nima qilishlari kerakligi haqida so‘radi.