Kobuldagi masjidda portlash sodir bo‘ldi

Toliblar IIV huzuridagi masdidda portlash ro‘y berdi.
Sputnik
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Kobuldagi mamlakat Ichki ishlar vazirligi huzuridagi masjidda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Aamaj News” agentligi xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, gap IIV yangi binosi oldida joylashgan masjid haqida borapti. Ehtimoliy qurbonlar haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Sputnik Afg‘onistonning yozishicha, toliblar IIV masjididagi portlashni rasman tasdiqlagan.