Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Samarqandga ilk parvozni amalga oshirdi

Aviakompaniya Samarqand – Baku yo‘nalishda aviaqatnovlarni haftada ikki marotaba chorshanba va juma kunlari amalga oshiradi.
Sputnik
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Ozarbayjonning AZAL aviakompaniyasi Bokudan Samarqandga ilk qatnovni amalga oshirdi. Bu haqida Transport vazirligi xabar berdi.
AZAL aviakompaniyasining Bokudan parvoz etgan Airbus A320 samolyoti 5-oktabr kuni tongda Samarqand xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
Samarqand – Baku

Aviakompaniya Samarqand – Baku yo‘nalishda aviaqatnovlarni haftada ikki marotaba chorshanba va juma kunlari amalga oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq oktabr oyi boshidan AZAL aviakompaniyasi Samarqandga yangi yo‘nalishni yo‘lga qo‘yishi ma’lum qilingan edi.
Shuningdek, “Ozarbayjon havo yo‘llari” Boku-Toshkent-Boku yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar chastotasini haftasiga besh martagacha oshirmoqda.
Hozirda ikki poytaxt o‘rtasida muntazam qatnovlar dushanba, chorshanba va shanba kunlari amalga oshirilmoqda, tez orada payshanba va yakshanba kunlari ham yo‘lga qo‘yiladi.