TOShKENT, 5 okt — Sputnik. O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti xizmatlarining narxi oshirilmaydi. Bu bo‘yicha Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashi 2022-2023 yillar isitish mavsumi uchun issiqlik ta’minoti xizmatlari tariflarini tasdiqladi.
Hujjatda belgilanishicha, aholi va tadbirkorlar uchun narxlar o‘zgarmaydi.
aholi uchun - 91 960 so‘m/Gkal;
kichik, o‘rta va yirik biznes uchun - 141 737 so‘m/Gkal;
Budjet tashkilotlari uchun chakana tarif – 502 067 so‘m/Gkal.
Bunda, markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun iste’molchilar bilan hisob-kitoblar isitish davrining har bir kuniga 1 kv.m isitiladigan maydon hisobida to‘lash tizimiga o‘tkaziladi.
Narxlar e’lon qilingan kundan boshlab 15 kun o‘tib, ya’ni 21-oktabrda kuchga kiradi.
Qayd etilishicha, bazaviy va chakana tariflar o‘rtasidagi farq Toshkent shahrining mahalliy budjeti hisobidan subsidiyalanadi.