Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

ZAES bosh direktori Ukraina xavfsizlik xizmati bilan hamkorlik qilganini tan oldi

Zaporojye AES bosh direktori stansiyadagi ishlarning hozirgi holati to‘g‘risida ma’lumotlarni Ukraina xavfsizlik xodimiga taqdim etib kelgan.
Sputnik
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Zaporojye Atom elektr stansiyasi (AES) bosh direktori Igor Murashov stansiyada sodir bo‘layotgan voqealar haqida Kiyevga ma’lumot berib kelganini tan oldi. Bu haqda u “Rossiya 24” telekanaliga ma’lum qildi.

“Men Ukraina xavfsizlik xizmati xodimi bilan messenjerlar orqali muloqot qilardim, muloqotning mohiyati shundan iborat bo‘lardiki, men AESdagi ishlarning hozirgi holati to‘g‘risida ma’lumot berib turardim”, - dedi Murashov.

Xabarda aytilishicha, ZAES bosh direktori “Rossiya Federatsiyasi hokimiyatini obro‘sizlantirishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirganlik”da ayblanib, Ukraina nazorati ostidagi hududga chiqarib yuborilgan.
Shuningdek, u stansiyani o‘qqa tutish oqibatlaridan xabardorligini ham tan olgan.

“Bu zararlarning barchasi favqulodda vaziyatlarga olib kelishi mumkin, katta ehtimol bilan o‘qqa tutilish Dnepr tomondan, Ukraina tomondan - Nikopol va Marganes shaharlaridan amalga oshirilgan. Atom elektr stansiyasi xodimlari xavf ostida edi va hozir ham shunday bo‘lib qolmoqda”, - dedi Murashov.

Zaporojye AES Dneprning chap qirg‘og‘ida, Energodar yonida joylashgan. Bu bloklar soni bo‘yicha eng katta va Yevropadagi eng kuchli atom elektr stansiyasidir. Mart oyidan beri AES rossiyalik harbiylar tomonidan qo‘riqlanadi. Rossiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, bu yadroviy va radioaktiv materiallarning sizib chiqishining oldini olish uchun zarur. Ukraina harbiylari Energodar, uning atrofidagi qishloqlar va shaharga tutash Zaporojye AES hududini muntazam ravishda o‘qqa tutishda davom etmoqda.