TOShKENT, 4 okt — Sputnik. O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yagona maktab formasi majburiy bo‘lmaydi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 3-oktabrdagi 558-son qarorida belgilangan, deya xabar berdi O‘zA.
Qarorga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun tasdiqlangan shakllardagi yagona maktab formasini joriy etish talabi rasman bekor qilindi.
Qarorga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun tasdiqlangan shakllardagi yagona maktab formasini joriy etish talabi rasman bekor qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining shu yilning 19-may kuni qabul qilingan qarori bilan 2022/2023 o‘quv yilidan davlat maktablarida o‘quvchilar uchun maktab formasi to‘liq joriy etilishi belgilagandi.
Biroq, Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov majburiy bo‘lishi kutilayotgan maktab o‘quvchilarining yagona maktab formasini joriy qilish 2025-yilgacha qoldirilganini aytgandi.