Ular "o‘quv-mashqlar o‘tkazgan": “Shimoliy oqim”dagi diversiya kimga kerak edi?

“Shimoliy oqim” portlashiga oid voqealar yanada avj olmoqda. Kreml diversiyada AQShni ayblayotgan bo‘lsa, Yevropa aybdor sifatida Moskvani ko‘rsatmoqda.
Sputnik
Harbiy tahlilchilar esa o‘z taxminlarini olg‘a surishmoqda - dengiz relyefi xususiyatlari sabab shubha ostidagilar soni kamaymoqda. Ushbu terakt ortida kim turgan bo‘lishi mumkin - RIA Novosti materialida.

Bitta suvosti kemasi

Amerikaning The Times gazetasi ta’kidlashicha, bu bilan Moskva Yevropani energetika inqirozi paytida "beqarorlashtirmoqchi" bo‘lgan. Ammo nima sababdan Moskva, shunchaki ventillarni yopib qo‘yish o‘rniga, nega o‘z quvurlarini portlashishi kerakligini tushuntirib o‘tmagan.
Tahlilchilar ham aynan shuni ko‘rsatishmoqda. Masalan, Shveysariya razvedkasining sobiq xodimi Jak Bo Radio Courtoisie ga bergan intervyusida aytishicha, gazsiz Kreml Germaniyaga bosim o‘tkazishga bo‘lgan har qanday imkoniyatlarini boy berishi mumkin. Ustiga-ustak, gap ko‘p milliardlik zararlar haqida ketmoqda, chunki “oqim”larni asosan Rossiya qurgan.
Go‘yoki quvurlar bo‘ylab torpedolar o‘rnatgan Rossiya suvosti kemalari bo‘yicha taxminlar ham ekspertlar aytishicha, asossiz. Portlash Bornxolm oroli yaqinida Daniya suvlari hududdda sodir bo‘lgan. U yerda NATOning ko‘plab suvosti razvedka stansiyalari joylashtirilgan. Xuddi shunday apparatura Boltiq dengizining boshqa hududlarida ham joylashtirilgan. NATO mamlakatlari harbiylari akvatoriyani tunu kun tinglashadi va unda nimalar bo‘layotganini juda yaxshi bilishadi.
Rossiyaning suvosti kemasi, batiskaf yoki droni gaz quvurlari zonasiga sezdirmasdan kira olmaydi. Bundan tashqari, bu hududdagi dengiz unchalik chuqur emas, taxminan 80 metr. Bunday chuqurlikda suvosti apparatini hattoki kemaga qarshi samoletdan ko‘rish mumkin.
Shuningdek, Boltiq floti qurollari safida atigi bitta suvosti kemasi bor : 877 “Paltus” proyektidagi dizel-elektrik suvosti kemasi. Ushbu suvosti kemalari bu kabi diversiyalarga mo‘ljallanmagan.
Rossiya Harbiy dengiz flotining Boltiqbo‘yida atigi uchta bazasi bor: Kaliningrad, Baltiysk va Kronshtadda. Polsha (Gdinya va Svinousse portlari), Germaniya (Varnemunde, Kil va Ekkernferde bazalari), Daniya (Frederiksxavn va Korser bazalari), shuningdek, NATOning yangi a’zolari - Finlyandiya va Shvetsiya bazalaridan parvoz qilishi mumkin bo‘lgan Amerikaning “Poseydon”lari Rossiyaning Boltiqdagi bazalarini muntazam kuzatib boradi.

Kimga foyda?

Rossiya hukumati “Amerika izi”ni ko‘rsatmoqda. Avvalo, Tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, buning uchun Vashingtonning iqtisodiy sabablari bo‘lgan.
Xususan, davlat bosh qotibi Entoni Blinkenning bayonoti ham buni anglatib turibdi. U Yevropa mamlakatlarining Rossiya gazidan voz kechishini AQSh uchun strategik imkoniyat deb atagan.

“1970 yillardanoq okean ortida shunday strategiya shakllantirildi: SSSR va Germaniyaning iqtisodiy birlashuviga yo‘l qo‘ymaslik, - deydi siyosatshunos- amerikashunos Sergey Sudakov - aftidan hozir ham bu yondashuvni qo‘llashmoqda. Nemis texnologiyalari va Rossiya resurslarining birlashuvi - bu Vashingtonning qo‘rqinchli tushi. Kutilmaganda ma’lum bo‘lishicha, Germaniya endi Rossiyaning arzon energotashuvchilarisiz Yevroittifoqning asosiy lokomotivi bo‘lib qola olmaydi. Berlinni zaiflashtirib Vashington iqtisodiy raqibini yo‘q qilmoqda”.

Sudakovning so‘zlariga ko‘ra, bu masala YeI mamlakatlarini AQShdan qazib olinadigan suyultirilgan gazga qaram qilib qo‘yish. U Rossiya gaziga qaraganda ancha qimmat, biroq yevropaliklarning bundan boshqa tanlovi yo‘q.
“Texnik jihatdan bunday diversiyalarni amerikaliklar va ularning yaqin ittifoqchilari- britaniyaliklar amalga oshira oladi, - deydi ekspert. AQShning oltinchi floti butun yoz fasli mobaynida Baltikada o‘ralashdi. U yerda xususan, tubsizlikda minalardan tozalash bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borgan. Ammo nimanidir minalardan tozalash uchun avvalo minalar o‘rnatib chiqish kerak bo‘ladi. Bu bilan esa hech qanday muammolar yo‘q”.
NATO qurollari safida portlash uskunasini o‘rnatishga qodir avtomatik boshqariladigan suvosti robotlar bor. Boz ustiga qovurlar joylashgan chuqurlikda hattoki jangovar suzuvchilar ham buni amalga oshirishlari mumkin.

Boy tajriba

Bu kabi voqealar avval ham bo‘lgan. 1982-yilda Urengoy — Surgut — Chelyabinsk gaz o‘tkazgichlarida portlash ro‘y bergan. SSSRga yiliga sakkiz milliard dollargacha foyda keltirishi kerak bo‘lgan infratuzilma jiddiy zarar ko‘rgan. AQSh harbiy - kosmik razvedka milliy agentligining sobiq direktori Tomas Ridning so‘zlariga ko‘ra, diversiyani AQSh markaziy razvedka boshqarmasi uyushtirgan. Maxfiy xizmat quvurning ishlashi uchun mas’ul kompyuterlarga “virus yuqtirgan”.

Bir yil o‘tib AQSh Nikaraguaga jangovar suzuvchilar guruhini jo‘natib uning iqtisodiyotini qulatmoqchi bo‘lgan. Ular avvalo Korinto portidagi butun mamlakatni ta’minlaydigan neft omborlarini yo‘q qilishgan. Keyin esa Puerto-Sandino eng muhim quvur o‘tkazgichini. So‘ngra maxsus xizmat agentlari tankerlarni yo‘latmaslik uchun suvli hududlarga minalar o‘rnatib chiqqan.
1984 yilda, bu voqea matbuotga yoritilganda, Managua BMT Xalqaro Sudiga murojaat qildi. Arbitraj Vashingtonni aybdor deb topdi va zararni to‘lash ma’suliyatini yukladi. Biroq, AQSh tegishli rezolyutsiyani to‘sib qo‘ydi va ushbu diversiya uchun ham, boshqalari kabi, hech kim javob bermadi.