Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya QK Ukrainaning o‘q-dorilar omboriga zarba berdi

Rossiya Qurolli kuchlari Zaporojyedagi “Motor Sich” zavodi sexlariga va Ukraina armiyasining 65-mexanizatsiyalashgan brigadasi omboriga zarba berdi.
Sputnik
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Zaporojyedagi “Motor Sich” zavodi sexlariga va Ukraina armiyasining 65-mexanizatsiyalashgan brigadasi omboriga zarba berdi, natijada ikkita Mi-24 vertoloti, 15 tonna o‘q-dorilar, shu jumladan HIMARS raketa tizimlari uchun snaradlar va samolyotlarni ta’mirlash ustaxonasini yo‘q qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Zaporojye shahri yaqinida raketa zarbalari Ukraina Qurolli kuchlarining 65-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar omboriga, shuningdek, “Motor Sich” zavodi hududidagi samolyotlarni ta’mirlash ustaxonalariga kelib tushdi. 15 tonnadan ortiq o‘q-dorilar, jumladan, Amerikaning HIMARS raketa tizimi uchun snaradlar, shuningdek, Ukrainaning ikkita Mi-24 jangovar vertolotlari yo‘q qilindi”, deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.