O‘zbekiston va Vengriya qo‘shma korxonalar tashkil etishga kelishib oldi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga tashrifi arafasida Budapeshtda o‘zbek-venger biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib beruvchi qator ikki tomonlama hujjatlar, investitsiya bitimlari va eksport shartnomalari imzolandi. Bu haqida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar berdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga tashrifi arafasida Budapeshtda o‘zbek-venger biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.
Uzbeksko-vengerskiy biznes-forum v Budapeshte.
Forumning barcha tadbirlari O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi sarmoyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillarining o‘zaro munosabatlarini har tomonlama mustahkamlashga qaratildi.
Forumning ochilish marosimida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev hamda Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyarto ishtirok etdi.
Peter Siyarto o‘z so‘zida Vengriya biznes vakillarini o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlashga chaqirdi.
O‘zbekiston tomoni vengriyalik tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorlik bildirildi.

“Shu munosabat bilan Vengriya kompaniyalari uchun O‘zbekistonda alohida sanoat zonasi ajratish, mahsulotlarga eksklyuziv imtiyozlar berish va kafolatli xarid qilish, shuningdek, tashkil etilayotgan ustuvor loyihalarni moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan istiqbolli tashabbuslar birgalikda amalga oshiriladi”, - deyiladi xabarda.

Forum davomida venger kompaniyalariga investitsiyaviy imkoniyatlar, jumladan, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, shuningdek, elektronika va elektrotexnika, to‘qimachilik, avtomobilsozlik, kimyo va qurilish sanoati sohalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Biznes-forum doirasida O‘zbekiston va Vengriyaning vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari, banklari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari o‘rtasida “G2B" va "V2V" formatidagi uchrashuvlar ham tashkil etildi.
Ular davomida ishtirokchilar qo‘shma korxonalar yaratish va o‘zaro manfaatli savdo shartnomalarini tuzish borasidagi masalalarni atroflicha ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lishdi.
Budapeshtdagi o‘zbek-venger biznes-forumi