Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Mask Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi nizoni hal qilish yo‘lini taklif qildi

Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Rossiya va Ukraina o‘rtasida sulh tuzishning to‘rtta variantini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Amerikalik tadbirkor Ukrainadagi mojaroni hal qilishga oid o‘z qarashlarini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Twitter sahifasida yozdi.
Birinchi qadam sifatida Mask yaqinda ozod qilingan va Rossiyaga qo‘shilgan hududlarda BMT nazorati ostida boshqatdan referendum o‘tkazishni taklif qildi.
“Qrim 1783-yildan buyon (Xrushchov xatosiga qadar) bo‘lgani kabi rasmiy ravishda Rossiyaning bir qismi bo‘lib qoladi”, - deb yozadi amerikalik milliarder.
Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Qrim suv bilan ta’minlanishi lozim, Ukraina esa betaraf davlat bo‘lib qolishi kerak.