Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Lukashenko Belarus maxsus operatsiyada qanday ishtirok etayotganini aytdi - video

Biz hech kimni o‘ldirmaymiz va harbiylarimizni hech qayerga yubormaymiz, o‘z majburiyatlarimizni buzmaymiz - Lukashenko.
Sputnik
TOShKENT, 4 okt - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko respublika Ukrainada o‘tkazilayotgan maxsus operatsiyada qanday ishtirok etayotganini tushuntirib berdi.
Belarus prezidenti matbuot xizmati tarqatgan videolavhada Aleksandr Lukashenko bir guruh harbiy kiyimdagi odamlarga quyilagilarni gapirgan.
“Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyadagi ishtirokimizga kelsak, - biz u yerda qatnashapmiz, biz buni yashirmaymiz.
Ammo biz hech kimni o‘ldirmaymiz va harbiylarimizni hech qayerga yubormaymiz. Biz o‘z majburiyatlarimizni buzmaymiz.
Bizning ishtirokimiz, birinchi navbatda, bu - ushbu mojaroning Belarus hududiga tarqalishining oldini olish. Ikkinchidan, Polsha, Litva va Latviya tomonidan maxsus harbiy operatsiya niqobi ostida Belorussiyaga zarba berishga yo‘l qo‘ymaslik.
Men oldin aytganimdek, Belarus hududidan hech kim ruslarning orqa tomonidan zarba bermaydi. Mana shu bizning ishtirokimiz", — dedi Belarus prezidenti.