Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Xerson viloyati Rossiyaga Nikolayev okruglari bilan kiritiladi – rossiyalik deputat

Xerson viloyati RF tarkibiga Nikolayev viloyatining Aleksandrovskiy va Snigirevskiy munitsipal tumanlari bilan kiritiladi.
Sputnik
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Zaporojye viloyati Rossiya Federatsiyasi tarkibiga o‘zining ma’muriy chegaralari doirasida, Xerson viloyati Nikolayev viloyatining Aleksandrovskiy va Snigirevskiy munitsipal okruglari bilan kiritiladi. Bu haqda Davlat dumasining Davlat qurilishi va qonunchilik qo‘mitasi rahbari Pavel Krasheninnikov ma’lum qildi.

“DXR va LXRga nisbatan chegaralar ularning konstitutsiyalariga muvofiq belgilanadi. Zaporojye viloyati hududining chegaralari viloyatning ma’muriy chegaralari bilan belgilanadi. Xerson viloyatiga kelsak, bu yerdagi chegaralar ham viloyatning harbiy-fuqarolik ma’muriyatining qarorlarini hisobga olgan holda ma’muriy chegaralar bilan belgilanadi, bu yerda Aleksandrovskiy va Snigirevskiy munitsipal okruglari Xerson viloyatiga kiritiladi”, - dedi siyosatchi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Yevgeniy Ivanov jurnalistlarga Xerson viloyati Nikolayev viloyatining ikki okrugi bilan Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishini tasdiqladi, ammo bu qanday sodir bo‘lishini aniq tushuntirmadi.
Eslatib o‘tamiz, 23-27 sentabr kunlari Ukrainaning ozod qilingan hududlarining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tgan edi. Referendum natijalariga ko‘ra DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42 %, Xerson viloyatida - 87,05 % va Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi Rossiyaga qo‘shilishni yoqlab ovoz bergan.
MSKlar hisobotiga ko‘ra, umumxalq referendumlarida to‘rt kun davomida DXRda – 97,51 foiz, LXRda – 92,6 foiz, Zaporojye viloyatida – 85,4 foiz, Xerson viloyatida – 76,86 foiz aholi saylovlarda ishtirok etgan.