Toshkentning markaziy ko‘chasiga intelektual kamera o‘rnatildi - foto

Kamera yo‘l chiziqlariga rioya qilmaslik, tezlikni oshirish, uyali telefondan foydalanish, xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik va boshqa qoidabuzarliklarni qayd etish imkoniyatiga ega.
Sputnik
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Toshkentdagi Alisher Navoiy ko‘chasiga qoidabuzarliklarni qayd etish imkoniyatiga ega yangi kamera o‘rnatildi. Bu haqida Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, intelektual kamera yo‘l chiziqlariga rioya qilmaslik, tezlikni oshirish, uyali telefondan foydalanish, xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik va boshqa qoidabuzarliklarni qayd etish imkoniyatiga ega.
“Barcha yo‘l harakati ishtirokchilariga belgilangan qoidalarga amal qilishlarini tavsiya qilamiz”, - deyiladi xabarda.