Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi

Samarqand Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitiga mezbonlik qiladi
Sputnik
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti 11-noyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tgan yili Turkiyaning Istanbul shahri bo‘lib o‘tgan sammitda Turkiy kengash nomini Turkiy davlatlar tashkiloti deb o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.
Tashkilotga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston a’zo. Vengriya va Turkmaniston kuzatuvchi maqomiga ega.
2009 yilda ushbu tuzilmaga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash maqsadida tuzilgan.