TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Qizilqum davlat qo‘riqxonasida noyob O‘rta Osiyo qunduzi tasvirga olindi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar berdi.
“Qunduz qo‘riqxona xodimlari tomonidan hududda bir necha bor uchratilgan bo‘lsa ham tasvirga olishning imkoni bo‘lmagan edi”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘rta Osiyo qunduzi yo‘q bo‘lib ketayotgan, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil ro‘yxatiga va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan sutemizuvchi hayvon turi hisoblanadi. U o‘tgan asrning o‘rtalarigacha Sirdaryo, Zarafshon, Amudaryo va uning quyilishida keng tarqalgandi. So‘nggi yarim asrda areali keskin qisqargan, ushbu tur faqat Hisor-Oloy tog‘i darosidagina qayd etilgan. G‘arbiy Tan-Shanda borligi haqida ma’lumotlar yo‘q.
O‘rta Osiyo qunduzi asosan toshqin tog‘ darolari, shuningdek, tekislik darolari va qayir ko‘llarida hayot kechiradi. Baliqqa boy chuchuk suv havzalari yashashi uchun qulay muhit hisoblanadi.
Qizilqum davlat qo‘riqxonasi 1971-yil 24-martda tashkil etilgan. Qo‘riqxona Buxoro viloyatining Romitan tumani va Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumani hududida joylashgan bo‘lib, maydoni 10311 gektarni tashkil qiladi.
Qizilqum davlat qo‘riqxonasi hududi Amudaryoning o‘rta oqimida daryo bo‘yidagi hamda Janubiy-G‘arbiy Qizilqum cho‘lining kichik bir qismidagi dengiz sathidan 150 metrdan 180 metrgacha balandlikdagi hududni o‘z ichiga oladi.
Qizilqum davlat qo‘riqxonasi hududi Amudaryoning o‘rta oqimida daryo bo‘yidagi hamda Janubiy-G‘arbiy Qizilqum cho‘lining kichik bir qismidagi dengiz sathidan 150 metrdan 180 metrgacha balandlikdagi hududni o‘z ichiga oladi.