O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarining 80 foizdan ortig‘i Rossiyadan yuborilgan

Rossiyadan O‘zbekistonga pul jo‘natmalari birinchi yarim yillikda 2,4 baravarga oshdi.
Sputnik
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. 2022 yil birinchi yarim yilligi mobaynida jismoniy shaxslarning Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilning mos davriga qaraganda 2,4 baravarga oshdi. Bundan O‘zbekiston Markaziy banki hisoboti raqamlari dalolat bermoqda.
Hisobotda keltirilishicha, olti oy ichida O‘zbekistonga jami 6,5 milliard dollar yuborilgan, shundan 5,3 millard dollari (81 foiz) Rossiyadan kelib tushgan.
O‘tgan yilning mos davrida Rossiyadan 2,2 milliard dollar jo‘natilgandi. Shu tariqa, bir yil ichida pul o‘tkazmalar 2,4 baravarga o‘sgan.
Shu bilan birga, O‘zbekistondan Rossiyaga pul o‘tkazmalari hajmi 16,7 foizga, 210 million dollargacha oshgan. 2021-yil birinchi yarim yilligida 180 million dollarni tashkil qilgandi.
O‘zbekistonda Rossiyadan pul o‘tkazmalari migrantlar oilalari uchun asosiy daromad manbalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozir chet elda ikki milliondan ziyod o‘zbekistonlik mehnat qiladi, jumladan, shulardan aksariyati Rossiyada ishlaydi.