Mirziyoyevning oila a’zolari “Boqiy shahar”ga sayohat qildi – foto

Ziroat Mirziyoyeva, Shahlo Mirziyoyeva, Miralisher Mirziyoyev hamda Saida Mirziyoyeva va uning turmush o‘rtog‘i “Boqiy shahar”ga sayohat qildi.
Sputnik
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farzandlari, nabiralari va rafiqasi Samarqand shahridagi “Boqiy shahar” sayyohlik majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi
“Samarqand men uchun o‘zgacha shahar. Uning sehrga to‘la muhitida o‘smirlik yillarim o‘tgan. Menga u yerda bo‘lish yoqadi, bu shaharning ruhini yaxshi ko‘raman. Bu safar manzilimiz shaharning yangi durdonasi tomon bo‘ldi. Bu yerda zamonaviy iste’dod egalari o‘z mahoratlarini to‘liq namoyon eta oldilar. "Boqiy shahar" yurtimiz mehmonlari uchun yana bir diqqatga sazovor makonga, yangi davr Samarqandining faxriga aylanishi shubhasiz”, - dedi Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi– Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva.
Docheri i supruga Shavkata Mirziyoyeva posetili turisticheskiy kompleks "Vechniy gorod"
Ma’lumot uchun, “Boqiy shahar” majmuasi 7 gektar maydonda barpo etilgan. Markazda 1 ta galereya va qadimiy sharqona bozor, 36 ta rastadan iborat 14 ta hunarmandchilik ustaxonalari, 2 ta milliy taomlar restorani qurilgan. Bu maskanda 280 ming tup manzarali daraxt va butalar ekilgan, 170 gektar yashil hududlar yaratilgan.
Docheri i supruga Shavkata Mirziyoyeva posetili turisticheskiy kompleks "Vechniy gorod"
Tarixiy majmuada rassomlik, amaliy san’at, zardo‘zlik yo‘nalishlarida milliy hunarmandchilik ustaxonalari, milliy uslubdagi choyxonalar, shirinliklar savdo shoxobchalari, Chorsu sharq bozori, milliy kiyimlar galereyasi, savdo, kutubxona, qo‘g‘irchoq teatri va shaxmat maktabi joylashgan.