Kobul g‘arbidagi portlashda halok bo‘lganlar soni 43 nafarga yetdi

Ta’lim markazidagi portlash oqibatida asosan qizlar va yosh ayollar qurbon bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Juma kuni Kobul g‘arbidagi ta’lim markazida ro‘y bergan portlash oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 43 nafarga yetdi, yana 83 kishi jarohat olgan. Bu haqda BMTning Afg‘onistonga ko‘maklashish missiyasi (UNAMA) xabar qildi.
“Qizlar va yosh ayollar – asosiy qurbonlar. Qurbonlar soni, ehtimol, yana oshadi”, - deyiladi missiyaning Twitter᾽dagi sahifasida e’lon qilingan xabarda.
Avvalroq Kobulning Dashti Barchi hududidagi ta’lim markazida imtihon paytida ro‘y bergan portlash oqibatida 20 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan edi.