Uni arzon Rossiya uglevodorodlaridan to‘satdan va keskin uzib qo‘yishganiga qaramasdan. To‘g‘ri, hozir gazo‘tkazgichlar ishlayotgani yo‘q, biroq yevropaliklar Moskva bilan savdolashishi, Kiyev rejimiga bosim o‘tkazib uni tinchlikka majburlashi va buning hisobiga o‘sha umidbaxsh ventil ochilib arzon yoqilg‘i quvurlardan o‘tishiga - hammasi avvalgidek bo‘lishiga ishonadigan xomxayollari bor edi.
Biroq endi barcha xomxayollar chilparchin bo‘ldi. Hech kim ular ko‘nikkandek savdolashish va muzokaralar o‘tkazishga ruxsat bermaydi. Uyda kim xo‘jayin ekanini Vashington yaxshigina ko‘rsatib qo‘ydi. Yevropaliklar endi gazsiz hayot kechiradigan bo‘lishdi.
Bu nimalarga olib kelishini aytish ortiqcha. Hozirdanoq Yevropaning yirik korxonalari yopilish xavfi turibdi, benzindan tortib, “kommunalka”dan xo‘jalik qog‘ozigacha-hammasining narxi keskin oshishda davom etmoqda. Muqarrar inqirozlar ommaviy ishsizlikka olib keladi. Ishsizlar kommunal to‘lovlarni qanday to‘lashadi va qaysi pullariga oziq-ovqat sotib olishadi - bu savolga hech qaysi Yevropa mamlakati rahbari aniq javob bera olmadi. O‘z iqtisodiyotini butunlay yo‘q qilish, qashshoqlik, vahshiylik- Ukraina biroz avval bosib o‘tgan bu yo‘llardan Yevropa ham jadallashib bormoqda.
Ammo muammo faqat iqtisodiy falokatda emas. Gazo‘tkazgichda (Vladimir Putin ta’biri bo‘yicha) anglosaksoncha diversiya Yevropaning barcha obro‘sini yo‘q qildi, uning Yevropa siyosati mustaqilligi haqidagi xomxayollarini chippakka chiqardi.
Uzoq yillar YeI mamlakatlariga o‘zlarini Vashingtonning teng huquqli sheriklari sifatida ko‘rsatishga ruxsat berilgan edi. Ular odatiydek global o‘yinchi hisoblangan. Parij, Berlin, Vena - bu poytaxtlarda o‘tmishdagi buyuklikning asklari yotadi. Yevropa mamlakatlari rahbarlari o‘zlari ishonishmasada qudratli Eski dunyoning qonuniy murosxo‘rlari ekanligiga ishontirishga majburlay olar edilar.
Gazo‘tkazgichlardagi bir necha portlashdar bu xomxayollarga nuqta qo‘ydi. Global dunyoning optikasi shafqatsiz. Hammaga hammasi ko‘rinib turadi. Anglosakson xo‘jayinlar yevropaliklar milliard yevro sarmoya kiritgan gazo‘tkazgichlarini yo‘q qilishdi, ularni tanazzulga olib kelishdi va Amerika suyultirilgan gazlariga to‘liq qaram qilib qo‘yishdi. Xo‘sh, bunga yevropaliklar qanday munosabat bildirdi?
Xotirdam dahshat. Boshqa hech nima. Sezdingizmi? U yerning elitalari o‘zlariga atalgan va taqdirini beligalib beradigan diversiya haqida aniqroq bir nima deyishga ham qo‘rqib qolishdi. Birgina Aleksandr Vuchich portlashlar haqida xabar topganida qo‘rqqanidan terga botganini tan oldi. Qolganlar esa “sabotaj” haqida o‘z amerikalik xojalari buyurishgandek bir nimalar deb g‘o‘ldirab qo‘yishdi va istamaygina aybni ruslarga to‘nkab qo‘yishdi. Bu istamaygina esa halokat qarshisida lom- mim deya olmaslikni bildiradi.
Nazariy jihatdan Rossiya emas,balki Germaniya va Yevropaning boshqa mamlakatlari bu diversiya haqida BMT ga masala sifayatida ko‘tarishlari, butun dunyoga “Bizni qutqaring, yaxshilar!”deb jar solishi, Megre. Ning barcha komissarlarini jalb qilgan holda keng miqyosda tergov olib borishlari kerak edi. Ammo, yo‘q, bunday ishlar sodir bo‘lmayapti.
Falokat tergovi haqida batafsil hech nima deyilmayapti. Qanaqa tegrov?. axir ularning barchasi kim va nima maqsadda portlatganini bilishadiku. “Tergovchilar qachondir gazo‘tkazgichlariini chindan ham Rossiya portlatganiga ommani ishontira olishadimi?”- deya ritorik savol bilan yuzlanmoqda Politico nashri. Albatta yo‘q. Xudo ko‘rsatmasin, Megredan qandaydir halol komissar kelib aslida buni kim qilganini aniqlab qolsa. Bu dahshatli bo‘ladi. Mayli bu kerakmas. Hammasini tushib turibdi hamma. Ammo hech nima qila olmaydi. Yevropa emas, Turgenevning “Mumu”sidek.
Mayli amerikaliklik bankirlarning oyliklariga yashaydigan siyosatchilar yoki okean orti grantlarida o‘tiradigan jurnalistlarni qo‘ya turaylik. Ulardan hech kim dadil bayonotlarni kutmagan ham edi.
Ammo qayerdadir Yevropaning afsonaviy aristokratiyasi bor edi - nega biz ularning ovozini eshitmayapmiz? Yevropa biznes sardorlari, mashhur sanoat sulolalari vorislari, au! Xristian cherkovining taniqli namoyandalari, men sizning otashin chiqishlaringizni eshitishni xohlayman. Yo‘q, javob yo‘q.
Yevropa biznesi kapitanlari Amerika Qo‘shma Shtatlariga qochishmoqda, kapitalni olib ketishmoqda, ishlab chiqarishni ko‘chirishni rejalashtirishmoqda. “Kapital millat nimaligini bilmaydi”, bu to‘g‘ri. Germaniya, Italiya, Avstriyada soqqa qilib oldik va endi ketish vaqti keldi.
Ularning izidan Yevropa aristokratiyasi ham okean ortiga ketmoqda. Garri va Megan Vindzorlar AQSh ga shohona xko‘chisho‘ning trendini boshlab berishdi. Angliya, Shvetsiya, Daniya malikalari endi badavlat er yoki xushtor qidirib u yerlarga parvoz qilishmoqda.
Xristian cherkovi rahbarlari cherkovlarni yopishmoqda - ularni isitish uchun pul yo‘q, cherkov binolarini sotishmoqda, ularni yoqilg‘i quyish shoxobchalari va kabaklarga aylantirishmoqda. Odamlarga quvvatni tejash uchun sabrli bo‘lish va masofaviy ibodat qilishni taklif qilishmoqda. Bu Yevropaning qulashiga ularning yagona munosabati.
Bularning barchasi - kattaroq miqyosda - Ukrainaga juda o‘xshaydi. Madaniyat, urf-odatlar, boylik ko‘rinishidagi barcha jozibadorlik rus gazi tugashi bilanoq so‘ndi. Uning yo‘qligida Yevropa xuddi shunday huquqsiz hudud bo‘lib chiqdi, bu yerda mahalliy mustamlaka elita Qo‘shma Shtatlar nazorati ostida tezda soqqasini qildi va tezgina ularni yig‘ib metropoliyaga qochib ketishdi.
Amerika himoyachilari nazorati ostida qolgan hududlarni nimalar kutayotgani bizga ma’lum. Biz bularning barchasini Ukraina misolida ko‘rdik va jarayon mohiyatini juda yaxshi tushunamiz. Bir necha yil ichida gullab-yashnagan mamlakatlar xarobaga aylanadi.
Shunisi e’tiborga loyiqki, yevropaliklar alohida qarshilik ham ko‘rsatishmadi. Ular Vashingtonning barcha ko‘rsatmalarini itoatkorlik bilan bajarishdi, o‘z qo‘llari bilan iqtisodiyotini vayron qilishdi. Ammo yo‘q, qashshoqlik tezda kelib qolmadi. Yevropa aholisi kamayib bordi, lekin xohlanganidek emas. Amerikalik xojalar jarayonni rag‘batlantirishga qaror qilishdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri diversiyalar boshlandi.
Yevropaliklar bundan keyin ularni nima kutayotganini yaxshi bilishadi. Dunyoning himoyasiz, boy, dangasa va buzuq qismi Vashington uchun oson o‘lja. 90-yillarda AQSh o‘z iqtisodiy muammolarini postsovet hududida qaroqchilik yo‘li bilan hal qildi. Endi Rossiya ularga darvozadan burilish berdi. Yevropani talon-taroj qilishga to‘g‘ri keldi.
Politico jurnali yaqindagina chop etgan maqolasida yaqin kelajakda Yevropa duch kelishi mumkin bo‘lgan keng ko‘lamli diversiyani tasvirlabdi: “Internet va energiya tizimlari, moliyaviy bozorlar va suv quvurlari gibrid hujum nishoniga aylanishi mumkin. Bunday hujumlar urush va tinchlik o‘rtasidagi kulrang zonada, ular inkor kiyingan va avtomatik ravishda qurolli javobni keltirib chiqara olmaydigan nishonlarga zarba berishadi.
Hammasi to‘g‘ri, amerikalik xo‘jalar yevropalik hamkorlarining xavf yoqasidagi infratuzilmasini chiqindixonaga shunday tashlab yuborishadi. Ularning o‘zlari qanday qilib ittifoqchilardan avval qulga, keyin esa o‘ljaga aylanganlarini payqamay qolishdi. Shunaqasi ham bo‘lib turadi. Ukraina ham o‘zini sherik sifatida tasavvur qilar edi. Ammo hovlida inqiroz yuzaga kelganda, har qanday sherik tezda oziq-ovqatga aylanadi.
Ammo bugun AQSh qo‘lidagi Yevropa yaxshilab boqilgan zekka o‘xshaydi. Mahbusning taqdiri ma’lum. Ammo Yevropa mamlakatlari rahbariyati buni ta’ibr joiz bo‘lsa saylovchilariga qanday tushuntiradi. Saylovchilar axir bunday bo‘lishiga umid qilmagan. Unga o‘n yillab davomida Vashington - himoya va tayanch, umid ekanligi, u bilanch hamkorlik qilish foyda, tinchlik va taraqqiyot olib kelishi quyib kelinganu. Bu yerda esa boshqasi.
Agar rost bo‘lsa, Yevropa mamlakatlari rahbarlari o‘z xalqlariga okean ortidagi valine’mat Yevropaning oshkora dushmaniga aylanganini tushuntirishi, bu dushman ularning butun infratuzilmasini vayron qilish, ularning mamlakatini chiqindixonaga aylantirish mumkinligini tushuntirishi kerak edi. Va undan qochib Rossiya bilan munosabatlarini tiklashga harakat qilib ko‘rishi kerak edi.
Ammo YeI da haqiqiy siyosatchilar - bir, ikki va bo‘ldi. Masalan, Viktor Orban Rossiyaga qarshi sanksiyalar haqida referendumlar haqida gapirishdan qo‘rqmadi. Aleksandr Vuchich ham mudofaasini yaxshi saqlab turibdi.
Ammo YeI ning yollangan menedjmenti o‘z ommasida hammasiga ruslar aybdor deb yolg‘on gapirmoqda. Ular yangi diversiyalar to‘qishlari mumkin emish. Ammo qayoqqa qochardi- yevroburokratiya Vashingtong kun tartibidagi yangi bosqichlarini ma’lum qilmoqda.
Amerika rejasiga ko‘ra, qashshoq Yevropa yirtqichlashib, Ukrainaga o‘xshab qulashi kerak. Natsizm ham, satanizm ham och burgerlarning ongsizligidan chiqib ketadi. Va keyin amerikalik xo‘jalar Sharqiy frontga yevropalik o‘ljani tashlashadi: “Alvido, Lili Marlen!”
Shu sababli “diversiyalardan qanday qutulamiz” degan savolga Brussel taklif qilayotgan javob Yevropani shafqatsizlarcha demilitarizatsiyalashda. NATOning o‘ta tajovuzkor nazorati, razvedka faoliyati, havoda va dengizda harbiy ishtirokni kuchaytirish, Rossiyaga nisbatan diplomatik bosim va tahdidlar. Hazilni qarang: diversiyani amalga oshiradiganlar anglo-sakslar, Yevropa o‘z tanazzuliga Rossiyaga hujumlar bilan javob beradi. O‘z joniga qasd qiluvchilar Yevropa Ittifoqi, bir so‘z bilan aytganda.